Alloh taolo er yuziga islom nurini yubora boshlagan vaqtda butun dunyo jaholat botqog‘iga botgan edi. Chor atrofda johillik, adolatsizlik, zulm va jabru-sitam hukum surardi. Ayniqsa, ayollarga tegishli masalalarda bu ishlar avj olib, eng cho‘qqisiga chiqqan edi. Hatto ayolni odam o‘rnida ko‘rmaydigan toifalar bor edi. Masalan, nasorolar olamida alohida yig‘ilish o‘tkazilib, o‘sha vaqtdagi rahnamolar tomonidan “Ayol erkakni yo‘ldan urush uchun yaratilgan shaytondir, unga ko‘zi tushgan odam ham gunohkor bo‘ladi, ayol havoni bo‘lg‘amasligi uchun og‘ziga to‘siq tutib yurishi kerak”, degan qaror qabul qilingan edi. Ahli kitobki, shu to‘xtamga kelsa boshqa toifalarni qo‘yib tursa ham bo‘ladi. Johiliyat tuzilishida ayol dunyoning matohi sifatida qaralardi. U erkak kishiga matoh edi go‘yo. U erkak kishining shahvati uchun kerak edi. Jinsiy aloqalarda kim nimani xoxlasa, shuni qilardi. Oila masalasi juda og‘ir ahvolda edi. Ayol kishini molu mulkga qo‘shib, meros qilib olish oddiy hol edi. Ayolga qilingan past munosabatlar, unga etkazilgan turli zulmlar misolini boshqa millat va qabilalarda ko‘rishimiz mumkin:
Yangi ming yillikda insoniyat yana bir og’ir muammoga kuch keldi. Bu xalqaro terrorizm balosidir. Darhaqiqat, terrorizm insoniyat dushmani. Dushmanni daf etish uchun esa uni yaxshilab o’rganishimiz, kelib chiqishi va uning yoyilishiga zamin yaratgan omillarni aniqlab olishimiz lozim. Terrorchilik bu nafaqat begunoh odamlarning qurbon bo’lishi, jismoniy jabrlanishi, ma’naviy zarar ko’rishi balki bemisl iqtisodiy yo’qoyishlar hamdir.
Yot g’oyalardan saqlanaylik
Ilm kishini johillikdan kamolot sari olib boruvchi eng to’g’ri yo’ldir. U inson qalbini poklovchi , unga ma’rifatni olib kiruvchi yorug’ nurdir.
Инсоният пайдо бўлибдики, ҳақ билан ботил, яхшилик билан ёмонлик мудом курашда. Аммо шуниси ҳам борки, одамзот ўтмишининг шу пайтгача фақат ва фақат эзгуликкина ғолиб бўлиб келди ва бундан кейин ҳа шундай бўлади. Бироқ бу ғалабага шунчаки осон эришиб бўлмайди.
Бағрикенглик руҳидаги тарбия (Толерантлик). Одамийлик – бу бағрикенглик фазилатларидан бири бўлиб, одамларга кундалик ҳаётда инсонпарварлик муносабатида бўлишини тақозо қилади.