Oila qurish inson hayotidagi eng mas`uliyatli ishlardandir. Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda internetsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. U bizga juda ko’p qulayliklar beradi. Masalan, bundan bir oz oldin boshqa yurtdagi yaqinlarimizni ko’rishga mushtoq bo’lib turardik, hozirgi kunda esa ular bilan har kuni soatlab gaplashish va ko’rishish imkoniyaga egamiz. Hozirgi kunda O’zbekiston aholisining 38% i internetdan foydalanadi. Internetga telefon,uyali aloqa,elektr simlari elektron to’lqinlar orqali ulanish mumkin.Internetning foydali tomonlari qanchalik ko’p bo’lishi bilan birga uning zararlari ham ko’pdir.Bugungi kunda axborot urushi shiddat bilan avj olmoqda. Yovuz maqsadli kimsalarga o’z maqsadlarini yoyish va unga boshqalarni ham ergashtirish uchun internet qulay axborot tarmog’iga aylangan. Afsuslanarli joyi shundaki hozirgi kunda ko’p insonlar ularning aldovlariga,islom niqobi ostidagi g’arazli maqsadlariga osongina aldanib ketishayapti. Chunki ularning aksaryati aslida islom dinidan umaman xabari yo’q bo’lgan va internetdagi yod g’oyalarga ergashib uni tog’riligiga ishontirilgan kishilardir. Ularga ergashayotganlarning ko’pchiligi yoshlardir.