BOLAJONLAR UCHUN NABAVIY ODOB
12 июн 2018 й.
2304 марта ўқилди.

 BOLAJONLAR UCHUN NABAVIY ODOB

Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: Odob maqtovga sazovor so`z va amalni bajarishdir. Karamli axloqlarni ushlash odobdir.

         Yaxshi deb bilingan amallar uzra bo`lish odobdir.     

    O`zingdan kattani ulug`lab, o`zingdan kichikka mehr ko`rsatishing odobdir.

          Bizning tilimizda odobtarzida talaffuz qilishga odatlanib qolingan arabcha adab so`zi  aslida madaba o`zagidan olingan.  “Madaba” esa taomga chaqirishdir.  Odob ham insonlar doimo chaqirilib turiladigan madaba  ya`ni  ma`naviy ozuqa bo`lganidan,  shunday nomlangan.

         Junayd rohimahullohdan odob haqida so`rashganida:  U chiroyli hayot tarzidir, degan. Shu sabab muomala va munosabatda odobning ahamiyati namoyon bo`ladi. Odob insonlarning katta-yu  kichigi haqida xabar beruvchi tashqi belgi hamdir.  Shu boisdan ham bolaga odob berish va uni odob libosida tutib turish , xulqiy tarbiyaning  eng avvalgilaridan hisoblanadi.

         Axloqni bunyod etishda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam odobga katta e`tibor qaratganlar.  Hattoki, bolaga odob berish va odob uning tabiiy xulqiy sifatiga aylanishi uchun odob-axloqga o`rgatishni islomda o`z ahamiyatiga ega va xatolarni o`chiradigan amaliy sadaqadan afzal qilganlar. Imom Termiziy Jobir ibn Samura raziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: Kishi oz bolasiga odob berishi,  bir sosadaqa qilishidan ko`ra yaxshidir, dedilar.

          Rasululloh sallollohu alayhi va sallam otaonalarga, bola uchun eng katta hadya va unga qoldiriladigan eng afzal meros bu odob ekanligini ham bayon qilganlar:

          Imom Termiziy Said ibn Oss rohimahullohdan, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: Otaona farzandiga chiroyli odobdan ko`ra afzalroq hadya berolmaydi,  dedilar. Shuning uchun ham Ali Madiyniy rohimahulloh: Bolalar odobni meros qilib olganlari, molmulkni meros qilib olganlaridan ko`ra o'zlari uchun yaxshidir. Odob ularni mol-mulkka ham, mansabmartabaga ham va aka-ukalarga bo`lgan muhabbatga ham erishtiradi. Ular uchun dunyo va oxirat yaxshiligini jamlaydi, degan.

         Nima uchundir ba`zi insonlar odobning ahamiyatidan gaflatda va odobni  e`tibor qaratmasa ham va esdan chiqarib yuborsa ham bo`ladigan sodda ishlardan deb hisoblaydi. Bilmaydiki, bu holat bolasini oq  bo`lishga yetaklaydi. Bu bechora odob berish xuddi yediribichirish kabi otaning zimmasidagi farzandning haqqi ekanligini ham anglab yetmmaydi:

          Ibn Moja rohimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhumodan, Nabiy sallollohu alayhi va sallam: Bolalaringizni izzatikrom etinglar va odoblarini chiroyli qilinglar, dedilar. Ibn Abud-Dunyoning rivoyatida: Bolalaringizni sevinglar va odoblarini qadrlanglar,  deganlar.

          Salafi solihlar odobning ahamiyatini, uning qadrini va yuksak martabasini yaxshi bilganlar. Shu sabab, farzandlariga ham odobni eslatib turganlar va ular shunga muvofiq  unibo`sdilar hamda ummatga ham odobni tavsiya qildilar. Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu otaonalarga nabaviy merosni taqdim etib: Farzandingizga odob bering. Siz unga mas`ulsiz. Unga nimani o`rgatdingiz va qanday odob berdingiz?  Shuningdek, u ham sizga yaxshilik qilishga va itoat etishga mas`uldir, deganlar.

         Nabaviy  odobni bola ong-u shuuridagi tabiiy xulqqa aylantirilishiga katta  e`tibor berilgan. Chunki, yaxshi odobdan yetuk aql qo`lga kiritiladi. Yetuk aqldan yaxshi odat, yaxshi odatdan maqtovga sazovar  fe`latvor, maqtovga sazovar  fe`latvordan solih amal, solih amaldan Robbning roziligi, Robbning roziligidan esa doimiy mulk (jannat) qo`lga kiritiladi.

          Yomon odobdan bo`lsa, aqlning izdan chiqishi, aqlning izdan chiqishidan yomon odat, yomon odatdan, axloqiy buzuqlik, axloqiy buzuqlikdan yomon amal, yomon amaldan va yomonlanib esga olinishdan Alloh taoloning  g`azabi,  Alloh taoloning g`azabidan va Uning qahridan doimiy horlikka mustahiq bo'linadi.

         Salafi solihlarning hayotlaridan namunalar:

          Ruvaym ibn Ahmad rohimahulloh  o`g`liga: Ey o`g`lim!  Amalingni tuz va odobingni un qil. Ya`ni, odobni  ko`paytir hatto, hayot tarzingda odobing ko`pligi jihatidan xuddi unga solinadigan tuzga unning nisbati kabi bo`lsin. Oz solih amal bilan birga ko`p odob bo`lishi, kam odob bilan birga ko`p amal bo`lishidan ko`ra yaxshidir, dedi.

         Ibrohim ibn Hubayb ibn Shahid aytadi: Otam menga: Faqihlar va olimlarning huzuriga bor. Ulardan ilm o`rgan. Ularning odobaxloqlaridan ol  va tutgan yo`llarini ushla. Ana shu narsa, ko`p hadisdan ko`ra men uchun sevimliroq, dedilar.

           Salafi solihlarning ba`zilari  o`g`illariga: Ey o`g`lim! Odobdan bir bobni o`rganishing, ilmdan yetmish bobni ta`lim olishingdan ko`ra menga sevimliroq, degan.  Abu Zakariyo Anbariy aytadi: Odobsiz ilm, o`tinsiz olov kabi. Ilmsiz odob esa tanasiz ruh kabidir.

Xulosa o'rnida,  Muhammad Rotib Noblusiy aytadilar: "Sizlarga bahosi qimmat bir haqiqatni aytaman: Agar bolangizga tarbiyani besh yoshida bermasangiz, o'n besh yoshida berolmaysiz. Bundan keyin nazoratini qila olmaysiz. Hali kichik ekan g'aflatda qolmang. Fursatni boy bermang".

       Ha, bugun bolalarga nabaviy tarbiya va odob-axloqni o'rgatishga vaqt ajratilmasa, boshqalar vaqt ajratadi. Dunyoning bir chetida turib ko'zlarimiz quvonchi bo'lgan bolalarni o'zi istagandek tarbiya qiladi.

 

Mir Arab Oliy madrasasi

1-bosqich talabasi Solixov Dilshod 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram