Dorul-islom, dorus sulh va dorul kufr tushunchalari
01 октябр 2017 й.
4332 марта ўқилди.

Dorul-islom, dorus sulh va dorul kufr tushunchalari

Dorul-islom. Mazkur iborani arab tilidan tarjima qilinganda “Islom hududi, islom diyori”, - degan ma’nolarni anglatadi. Istelohda esa, islom arkonlari amalda namoyon bo’lgan hududga “Islom diyori’ nisbati berilgan.

Imom Shofe’iy rahmatullohu alayh: “Islom diyori – Islom hukmlari zohir bo`lgan yerdir”, deydilar. boshqa fuqaholar esa: “U – Payg’ambar sollollohu alayhi va sallam yoki Qur’oni karimni ilohiy ekanligini e’tirof etib, ularga ijoboy munosabatda bo’lgan yoki xudosizlikdan iborat ochiq kufr xususiyati namoyon bo’lmagan hudud”, deydilar.

Darhaqiqat, muhaddis va tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Payg’ambarimiz sollohu alayhi va sallam biror bir hududga yurish qilganida u yerga kirmasdan oldin, tong otishini kutganlar, agar azon eshitilsa yurish qilmagan ekanlar. Shu sabab ko’pchilik fuqaholar, shu jumladan Abu Umar ibn Abdul Barr: “Azon – Islom va kufr diyorlari orasini ajratib beruvchi belgidir”, deganlar.

Demak “Islom diyori” deganda, qaysi hududda musulmonlar ko’pchilikni tashkil etgan va ularning manfaati ustun bo’lgan hamda Islom arkonlari amalda namoyon bo’lgan diyorga nisbatan qollaniladi.

Dorus-sulh. Bu ibora “sulh diyori” degan ma’noni anglatib, dastlab musulmonlar tomonidan olib borilgan fathlar chog’ida ma’lum soliq to’lash evaziga g’ayridinlarning huquqiy holatini kafolatlash bo’yicha sulh shartnomasi tuzilgan o’lkaga nisbatan ishlatilgan.

So’nggi asrlarda “Islom diyori”lari bilan ko’p tomonlama yoki ikki tomonlama shartnoma tuzgan hudud (boshqa din vakillari yashaydigan diyor)larga nisbatan “dorus sulh”, “dorul ahd”, “dorul muohada” yoki “dorul muvoda’a” kabi iboralar qo`llanilmoqda. Bu iboralarning istilohiy ma’nolari yaqin bo’lib, ularning negizida “Islom diyor”lari bilan bilan o’zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, do’stona aloqa o’rnatishlari hamda urush qilmasliklari kabi tamoyillar aks etgan.

 

T. Sayliyev 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram