FARZANDLARNI AQLAN SOG
12 апрел 2022 й.
658 марта ўқилди.

FARZANDLARNI AQLAN SOG'LOM QILIB TARBIYALASH MAS'ULIYATI

    Alloh taolo barcha ota-onalar va murabbiylar zimmasiga o'zining eng ulug' ne'mati bo'lgan farzandlarni aqlan sog'lom qilib tarbiyalash mas'uliyatini yuklagan. Agar ular zimmasidagi bu mas'uliyatga beparvolik qilsalar va farzandlari tarbiyasida xatoga yo'l qo'ysalar albatta Alloh taolo buyuk kun - oxirat kunida hisob-kitob qiladi.
    Bolalarni bugungi kunda insoniyatni xavotirga solayotgan terrorchlik harakatlari va din niqobidagi turli bug'zunchi oqimlar hamda missionerlar ta'siridan asrashimiz lozim. Buning uchun ota-onalar, bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan mas'ul kishilar o'sha oqim va harakatlarning maqsad va mohiyatini bilishlari o'ta zarur. Bunda ularga kitob, gazeta va jurnal materiallari, teleko'rsatuvlar, internet xabarlari yordam berishi mumkin. Eng katta dastur bu - Alloh taoloning kalomi Qur'oni Karim va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
    Allohga shukurki, yurtimiz mustaqil bo'lgach, Qur'oni Karimning ma'no tarjimalari, tafsirlar, hadis kitoblari va ularga sharhlar bosilib chiqarildi. Lekin adashib notog'ri yo'llarga kirib qolayotgan, boshqa dinlarga o'tib ketayotgan yoshlarimiz yo'q emas. Bu hol barchalarimizni jiddiy tashvishga solishi va ularni bartaraf qilish yo'llarini izlashimiz lozim bo'ladi.
    Alloh taolo o'zining kalomida marhamat qilib:
وقالوا ربنا انا اطعنا سادتنا وكبراءنا فاضلونا السبيلا
ربنا ءاتهم ضعفين من العذاب والعنهم لعنا كبيرا
"Dedilar: Ey Robbimiz, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo'ysundik, ammo ular bizlarni to'g'ri yo'ldan adashtirdilar. Ey Robbimiz ularga azobingni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la'nat bilan la'natlagin", deb marhamat qiladi.
    Ibn Hibbon rivoyat qilgan hadisi sharifda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo barcha boshliqlardan qo'l ostidagilari haqida, ularni hifzu-himoya qilganmi yoki zoye qilganmi, albatta so'raguvchidir", deb ogohlantiradilar.
    Darhaqiqat, bularni his qilar ekanmiz: "Ey mehribon Allohim, avvalo biz bandalaringni o'zinga va Rosullullohga itoatgo'ylardan hamda butun insoniyatning amallari tortilib hisob-kitob qilinadigan kunda huzuringda yuzlari yorug' bo'lguvchilardan qilgin", degimiz keladi.
      Zero, bola tarbiyasi ana shunday muhim, hayotiy masaladir.
    Ota-onalar va murabbiylar farzandlarimizga ilmga bo'lgan muhabbat va qiziqishlarini oshirib, ulardagi qo'rquv, hasad, ga'zab kabi ko'rinishlarga judayam katta e'tibor qaratishlari muhimdir. Shuni yodimizdan chiqarmaylik, bu borada barchamiz mas'ulmiz.
    Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, Alloh taolo ko'zlarimizni oqu-qorasi bo'lgan farzandlarimizni salohiyatli qilib, o'zining to'g'ri yo'lidan aslo adashtirmasin.


Peshku tuman "Xo'ja Ro'shnoiy" jome' masjidi 
imom-xatibi Nodirbek domla Ma'diyev
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram