ISLOMDA HAMJIHATLIK -TINCHLIK GAROVI!
10 январ 2025 й.
«орқага
120 марта ўқилди.
ISLOMDA HAMJIHATLIK -TINCHLIK GAROVI
Muqaddas Islom dini bizni tinch-totuv, õzaro ahl-inoq, hamjihat , kechirimli, bir-birimizga dõst va birodar bo'lib hayot kechirishga buyuradi. Tarixdan ma'lumki, dinimizning mana shu ko'rsatmasiga amal qilib yashagan musulmonlar doimo baxt va saodatda yashaganlar, tinch-totuv hayot kechirganlar. Alloh taolo Qur'oni karimda musulmonlar õzaro aka-uka va birodar ekani haqida shunday marhamat qilgan:
Ya'ni: "Albatta, mõminlar birodardirlar" (Hujurot surasi 10-oyat).
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ham bir qancha hadisi shariflarida bu haqida shunday deganlar:
Ya'ni: "Musulmon musulmonning birodaridir" (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Afsuski, hozirgi kunda ba'zi fuqarolar, ayniqsa õspirin yoshlar õzini musulmon birodariga dushmanchilik yoki johillik qilib, har xil sovuq qurollar bilan bir-birini joniga qasd qilmoqda yoki tan jarohatlari yetkazmoqda. Vaholanki, musulmon boshqa musulmonga qurol bilan hamla qilishi yoki qurol ko'tarishi aslo mumkin emas va dinimiz buni qattiq qoralaydi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: "Birortangiz birodariga qurol õqtalmasin! Zero, u bilmaydiki, shayton qurolni uning qo'lidan chiqarib yuborsa, u dõzaxning bir chuquriga tushishi mumkin" (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Bugungi kunda qo'shni davlatlar hamda dunyoning bir qancha mintaqalarida notinchlik hukm surayotganiga barchamiz guvoh bõlmoqdamiz. Urush harakatlari, qonn to'kilishlar davom etmoqda. U yerlarda odamlarning joni xavfda, qochqinlar ko'paygan va ular borgan joylarida ham og'ir sharoitlarda yashamoqdalar. Biz musulmonlar dunyoda tinchlik, xotirjamlik bo'lishi tarafdorimiz va shuni chin dildan xohlaymiz. Bu xohishni ro'yobga chiqarishning avvalgi chorasi-õz yurtimizda tinchlikni asrab avaylashdir.
Alloh taolo barchamizni Vatanimiz taraqqiyoti va farovonligi yõlida olib borayotgan xayrli ishlarimizga rivoj bersin, farzandlarimiz ulugʻ ajdodlarga loyiq farzandlar bo'lishini nasib aylasin, dunyo va oxiratimiz saodatiga yetaklaydigan amallar qilishimizni nasib-u rõzi aylasin.
Rõziyev Abdug'ani,
Buxoro shahar Sayfiddin Boxarziy jome' masjidi imom-xatibi
Buxoro shahar Sayfiddin Boxarziy jome' masjidi imom-xatibi