Abdurahmon ibn Avf jome masjid tarixi
04 2020 .
1363 қ.
 
“Abdurahmon ibn Avf” jome masjidi tarixi
 
Abdurahmon ibn Avf jome’ masjidi Buxoro viloyat Vobkent tumani Shakarkent MFYga qarashli Og'are qishlog'ida joylashgan muhtasham masjiddir. Masjid hududida bitta hovuz, toshquduq va 100 kishi namoz o‘qiydigan masjid xonaqosi bor. Qabr oldida noyob Savr daraxti bor. Albatta bularning har biri o‘ziga xos tarixga ega. Tarixiy manbalarda yozilishicha, masjid 1645-1681-yillarda Buxoro xoni bo‘lgan Abdulazizxon davrida bunyod etilgan. Abdulazizxon o‘z davrida bir qancha masjid va madrasalar qurdirgan. Shular jumlasidan, Buxoro shahridagi Abdulazizxon madrasasi, Vobkent shahri markazidagi Abdulazizxon jome’ masjidi va Abdurahmon ibn Avf jome’ masjidi u kishining tashabbuslari bilan qurilgan. Masjidimiz ichidagi noyob minbar Abdulazizxon davridan qolgan osori-atiqalardan hisoblanadi. Minbar hozirgacha juda yaxshi saqlangan va xizmat qilib turibdi. Sobiq Ittifoq davrida masjidlar yopilgan paytlarda bu minbarni tashqariga chiqarib tashlash uchun bir guruh shaxslar kelgan. Ular minbarni tashqariga chiqarib tashlashga ko‘p urinishgan, hatto eshikni buzishgan. Shu payt bir ilohiy mo‘jiza bo‘lib, qattiq qo’rqqan hollarida hammalari tashlab qochib ketishgan. Savr daraxtidan shifo talabida mahalliy aholi har doim foydalanib keladilar. Masjidimizga ulug‘ insonlar, ahli ilmlar xizmat qilib, imom bo‘lib o‘tishgan. Amir Olimxon davrida asli shu yerlik - Oqrabot qishlog‘ida tavallud topgan Mullo Vaydullo imomlik qilganlar. U kishi o‘sha paytlarda Mir Arab madrasasining mudarrisi bo‘lganlar. Undan keyin, Mullo Shohnur Urush paytlarida masjid xizmatida bo‘lganlar. 1989-yildan 2008-yilgacha Mullo Abdussalom imomlik qilganlar, 2008-yildan 2014-yilgacha Hakimov Nodirjon imomlik qildilar. 2015-yildan 2017-yilgacha Shomurodov Umar domla imomlik qildilar. 2018-yildan beri men kamina Qorayev Erkin masjid xizmatida bo‘lib kelyapman. Janob Rasuli Akram Muhammmad sollallohu alayhi vasallam hadisi muboraklarida shunday marhamat qilganlar: “Yetti toifa insonni Alloh taolo Qiyomat kunida o‘zining Arshining soyasida soyalantiradi. Shulardan biri qalbini Allohning masjidiga bog‘lagan kishidir” - deganlar. Alloh taolo barchamizni ikki dunyoda saodat ahlidan qilsin.
 
Vobkent tumani “Abdurahmon ibn Avf” jome’ masjid

imom – xatibi Qorayev Erkin 

«қ

-
: 04:45
: 05:35
: 13:10
: 18:25
: 20:10
: 21:40
Ңқ қ »
» »
»
Telegram