"Chiqirchi” jome’ masjid tarixi
12 май 2020 й.
1112 марта ўқилди.
"Chiqirchi” jome’ masjid tarixi
XIX asrda Urganch hududlaridan kelgan xalq, suv borligi sababli daryo bo’ylarida qo'nim topib uylar qurib, istiqomat qilishadi.
Suv pastdan oqganligi uchun ekin yerlariga "Charxpalak" o'rnatib suv chiqarishgan. Avom xalq adabiy tilni bilmaganligi uchun "Charxpalak"ni "Chiqir" - deb nomlagan. Yashagan qishloqlarini "Chiqirchi" - deb atashgan.
Taxminan 1900-yillarda qishloqda masjid qurishib uning nomini ham "Chiqirchi" masjidi deb atashgan.
"Chiqirchi" masjidi 1970-yillarda qayta qurildi.
Hozirgi vaqtga kelib masjidimizda "Jum'a" namozida ayvonlari bilan qo'shib hisoblaganda 410 nafarga yaqin namozxon ibodatlarini ado etishlik imkoniyatlari mavjud.
Peshku tumani “Chiqirchi” jome’ masjid
imom - xatibi Bozorov Vaxobiddin
«орқага