“Malishoyak” jome’ masjidining tarixi
03 апрел 2020 й.
1122 марта ўқилди.

 

“Malishoyak” jome’ masjidining tarixi

Buxoro  viloyati  Peshku  tumani Malishoyak qishlog’ida qad rostlagan ushbu muhtasham  masjid  nomi 1350-yillarda taxt sohibi bo’lgan “Malik shoxbir” (forscha Molik Shoxiyak)ga tegishli bo’lib, tub aholining shevasida Malishoyak deb, qisqa talaffuz qilinganligi sabab hozirgacha shu nom bilan atalib kelinmoqda. “Malishoyak” masjidining qurilishi XVIII-XIX asrlarga borib taqaladi. Jome’ning qayta qurilishi 1923-1927 yillarga to’g’ri keladi. Ammo, Sobiq Sho’ro davrida   masjid faoliyati to’xtatilib, omborxona sifatida foydalanib kelingan. Yaratganga shukrlar bo’lsinkim, bizga qayta hurriyatni bergach, jonajon o’lkamizning ilk mustaqillik davridan boshlab, mazkur qishloqning saxovatpesha, imon-e’tiqodli insonlari tomonidan masjidni qaytadan obod maskanga aylantirish ishlari boshlandi. Ushbu xayrli jarayon 1991-1994 yillarga to’g’ri keladi. Bunda masjidning tevarak atrofi pishiq g’ishtdan devor bilan  o’ralib, nuroniylar uchun mahalla maskani, masjid hududiga kiraverishda peshtoqli darvoza va barcha qulayliklarga ega tahoratxona qurilib, namozxonlarimiz ixtiyoriga topshirildi. Muxtasar qilib aytganda, bugun yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surar ekan, masjid-u madrasalarimiz obod bo’laveradi. Bu Allohning bizga bergan buyuk ne’matlaridandir.

Peshku tumani “Malishoyak” jome’ masjidi
imom - xatibi Sherali Rahmonov
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:30
Куёш: 05:14
Пешин: 13:10
Аср: 18:35
Шом: 20:20
Хуфтон: 21:50
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram