“Mavlono Ya'qub Charxiy” jome’ masjid tarixi
29 май 2020 й.
1086 марта ўқилди.
“Mavlono Ya'qub Charxiy” jome’ masjid tarixi
Bu masjid Mavlono Ya'qub Charxiy nomlari bilan aytilishiga sabab, bu yer ul zotning qadamjolari hisoblanadi. Taxminan, 1400-yillarda hozirgi masjidning yonidan katta daryo oqib o‘tgan va masjidning atrofi aholi bilan gavjum katta qishloq bo‘lgan. Masjidda dars beruvchi xonalar ham bo‘lib, unda mudarrislar ta‘lim berishgan, shu jumladan shayx, ulamo bo’lmish Charxiy xazratlari ham bu masjidda mudarrislik qilganlar. O‘sha davrda yerlarni sug‘orish uchun shu yerlik xalq Charxiy boshchiligida katta va uzun ariq qazishadi va u hozirgacha xalqqa xizmat qilib kelmoqda. Bu ariq Charxiyning sharaflariga "Komu Charx" deb nomlanadi. Masjid o‘sha davrda toshdan bunyod etilganligi uchun, uning ikkinchi nomi xalq orasida "Toshmasjid" deb ham yuritiladi .
Sho’rolar tuzumi davriga kelib, masjid buzib yuboriladi va barcha kitoblar majmuada mavjud bo’lgan quduqqa tashlanadi. 1960-yilga kelib, quduq aholi tomonidan qayta tozalab, ta’mirlashga erishildi. O‘shanda juda ko‘p kishilar 100 dan ortiq kitob yig‘ganlarini aytishadi, ular ichida hattoki, Charxiyning qo‘lyozma asarlari ham bo‘lgan. Afsuski, kitoblar yaroqsiz bo‘lib qolgani uchun ham, ular ko‘milgan. 1989-yilgacha masjid qoldiqlardan iborat bo‘lgan. 1989-yilda jamoa xo’jalik rahbari xalq fikr va iltimosini inobatga olib, 50-60 kishiga mo’ljallangan namoz o‘qiydigan kichikroq masjid qurdirgan. Hozirgi kunda alhamdulillаh mustaqillikdan so‘ng, ancha samarali ishlar qilinib kelinmoqda.
Vobkent tumani “Mavlono Ya'qub Charxiy” jome’ masjid
imom-xatibi Safarov Abbos
«орқага