“Mirzoqul” jome’ masjid tarixi
25 апрел 2020 й.
1083 марта ўқилди.
“Mirzoqul” jome’ masjid tarixi
Mirzoqul jome’ masjid tarixi uzoq o’tmishga ega bo'lib, bu joylar aslida amirning Mirzosiga tegishli bo'lib, Mirzoning qullari va ishchilari ibodat qilishliglari uchun mirzo tomonidan qurilgan. Sobiq sovet davrida do'konning omboriga aylantirilgan. Mustaqilligimizni sharofati bilan, 1999 - yil 11-dekabrda Mirzoqul masjidi yana qaytadan namozxonlarga topshirildi. 2017-yilda maxallamiz nuroniylari boshchiligida hamda saxovatpesha xalqimiz ko’magi bilan zamonaviy qilib, 300 kishiga mo'ljallangan yangi masjid barpo qilindi. 2019 - yilda namozxonlarimizga qulay bo'lishligi uchun yangi zamonaviy imom-xatib xonasi, oshxona, qorovulxona va barcha qulayliklarga ega bo'lgan yangi tahoratxona barpo qilindi.
Shofirkon tumani “Mirzoqul” jome’ masjid
imom - xatibi Jumayev Yahyo
«орқага