“Said po Bandi Kusho” jome’ masjidi
15 феврал 2020 й.
5273 марта ўқилди.

“Said po Bandi Kusho” jome’ masjidi

Buxoro shahar Xorazm ko’chasida joylashgan “Said  po Bandi Kusho” jome’ masjidi Hazrat Said Abulhasan nomlariga qo’yilgan. Hazrat Said Abulhasan po Band hijriy 395 (milodiy 1004) yilda vafot etganlar.  Nasablari to’qqiz halqa orqali hazrat Imom Hasan (r.a) ga borib taqaladi.
“Tuhfat az-zoirin” kitobida quyidagi shajara berilgan: “Shayx Sayidul imom Abulhasan Muxammad ibn Ali bin al Husayn bin al Hasan bin al Qosim bin Muhammad bin al Qosim bin al Hasan bin Zayd bin al Hasan bin Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu ulamoi shariat, mashoyixi tariqat va haqiqatdurlar”. Ko’rinib turibdiki, Hazrat Said Abulhasan olim, orif, shariat ulamosi tariqat - u haqiqat shayxi bo’lganlar. 
Said Abulhasanning tariqatdagi piri hazrat Ja’far Xildiy bo’lib, Ja’far Xildiy esa hazrat Junayd Bag’dodiyning muridlaridir. Hazrat Said Abulhasan mashhur zot Abu Bakr Is’hoq Gulobodiyning ustozlari hisoblanadi. 
Naql etilishicha, hazrat Said Abulhasanga tuxmat qilib, ul zotni zindonband etadilar. Har namoz vaqti qo’l-oyoqlaridagi kishan o’z-o’zidan ochilar ekan. Ibodatni ado qilib bo’lganlaridan so’ng yana oyoq-qo’llari kishanband bo’lar ekan.  Bu karomat Buxoro podshohiga ayon bo’libdi. Shox zudlik bilan zindonga kelib, hazratdan uzr so’rab, ul zodni ozod qilmoqchi bo’libdi. Hazrat Said Abulhasan po Band Kusho esa: “Alloh xohishiga muvofiq qo’l-oyog’imga kishan solindi. Men Alloh taqdiriga tan berganman. Bu Alloh taoloning imtihonidir  deb bandalikni bajo qilgan ekanlar.
Hazrat Said Abulhasan Samarqand darvozasi yonidagi mozorga dafn etilganlar. Lekin yigirma yildan so’ng u kishining jasadi u qabristondan olinib, Buxoro shahri ichidagi Degrezi guzaridagi hovli ichida qayta ko’milgan. Bunday etilishiga sabab shuki, hazrat muridlarining biri tushiga kirib, meni shahar ichidagi  hovliga etib ko’ming, degan ekanlar. Qarangki bu ham bir karomat hisoblanadi.  Chunki Samarqand darvozasi yonidagi qabriston  Sobiq Ittifoq zamonida yer bilan yakson qilinadi. Hovli ichida bo’lgani bois, Hazrat Said Abulhasan qabrlari  talofotdan shikast ko’rmaydi.
Hazrat Said Abulhasanning qabrlari Buxoro shahri Xorazm ko’chasidagi hovli ichida joylashgan.  Mozorlari yonidagi masjid, yuqorida tarixi zikr etilga aziz insonning nomlari bilan atalgan “Said po Band Kusho” jome’ masjididir. Hur zamonamiz sharofati ila masjid yanada obod maskanga aylantirilib , qulay va shinam holatga keltildi.

“Said po Band Kusho” jome’ 
masjidi imom-xatibi Nurulloh Yaxyoyev
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:45
Куёш: 05:34
Пешин: 13:10
Аср: 18:25
Шом: 20:10
Хуфтон: 21:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram