QUR`ON TILOVATIDA MAQOMOT
10 октябр 2022 й.
2502 марта ўқилди.

 
QUR`ON TILOVATIDA MAQOMOT
 
Maqom lug'atda “o'rin”, “daraja” kabi ma'nolarni anglatadi. Maqomot ilmi istilohida maqom deganda maxsus mezon asosida tartib topib, muayyan ohangni ifoda etuvchi ovoz tizimi tushuniladi. Misol tariqasida olsak, xo'rozning qichqirig'I sabo maqomini, sherning o'kirishi rost maqomini ifoda etadi.
Lahn-muayyan tizimdagi ohang bo'lib, uning ko’pligi alhon bilan luhun bo'ladi. Qiroatdagi lahn deganda uni ohang bilan o'qish tushuniladi.
Nashoz-ovoz tizginini boshqarolmaslik sababli bir maqomdan boshqasiga betartib o'tib ketish. Bu holda ohang buzilib tinglovchidagi rohatni ketkazadi.
Qaror-ovoz ohangining tebranish darajasi pastligi. Ya'ni ovozning quyi pardada talqin etilishi. Odatda qorilar qiroatning boshlanishida qarorda tilovat qiladilar.
Javob-qarordan keyingi bosqich bo'lib, bu bosqichda ovoz ohangidagi tebranishlar soni ortadi. Javob qarordan ko'ra yuqoriroq pardada joylashadi. Javob bosqichidagi ohang voqea, qissa yoki mavzuning tugal bo'lmaganini balki davomi borligini anglatadi.
Muarrif-har bir maqomning boshlang’ich ohangi bo’lib, u biz uchun ma’lum bir maqomda komil tarzda qiroat qila olishimiz uchun zamin hozirlaydi. Uning vositasida maqomni uchta bosqichi bilan tilovat qilishga kirishiladi.
Qur'oni karim tilovatida qo'llanadigan maqomlar yetti maqomdan iborat bo'lib, ular quyidagilar: 1-Sabo, 2-Nahovand, 3-Ajam, 4-Bayot, 5-Siga, 6-Hijoz, 7-Rost.
Bu maqomlarning har biri alohida ohang bo'lib, bir-biridan farq qiladi. Ana shu ohanglarni o'rganish, ko'p eshitish va zehnda saqlash bilan bo'ladi. Mazkur ilmni puxta egallash uchun bu ilmda mutaxassis bo’lgan ustozlarning darslarini tinglash hamda turli maqomlarda o’qilgan oyati karimalarni takror va takror eshitish lozim bo’ladi. Shuni alohida aytish kerakki, har bir maqom ohangi o'ziga xos his-tuyg'u va ruhiyatni ifoda etadi. Shuning uchun ularni Qur'on tilovati qo'llash jarayonida oyatlarning ma'nosiga ahamiyat qaratilishi va anashu ma'noga mos hissiyotni o'zida qamragan maqomning ohangini ixtiyor etmoq maqsadga muvofiqdir. Shu jumladan istagan maqomdagi ohangni har qanday oyatni tilovatida qo'llash ham yaramaydi. Aks holda oyatning mazmunidan yuzaga keladigan hissiyot bilan ohangning zimnidagi hissiyot orasida nomutanosiblik yuzaga keladi. Demak, bunday holatdan saqlanmoq uchun tilovat qiluvchi o'qiyotgan oyatlarining ma'nosini biimog'i va shu bilan birgalikda har bir maqom qaysi mazmundagi hissiyotni ifoda etishidan xabardor bo'lmog'i shart. Misol tariqasida olsak, jannat va uning ne'matlari hamda mo'minlarga yaxshilik bashoratini beruvchi oyatlar insonda umid va quvonch-shodlik kabi tuyg'ularni uyg'otgani uchun bunday oyatlarni xuddi shunday tuyg'ularni o'zida qamrovchi nahovand maqomida tilovat qilinadi. Sabo yoki hijoz kabi maqomlarda bunday mazmundagi oyatlar tilovat qilinmaydi. Chunki bu ikkala maqom azob, shiddat va mahzunlik kabi hissiyotlarni o'zida mujassam etadi. Bunday maqomlar bilan ana shu mazmunni ifoda etuvchi oyatlar qiroat qilinadi.
1.Sabo
Sabo maqomida hazin ma'nolarni ifodalaydigan oyatlar o'qiladi.Bunga hasrat-nadomat, xavf, mahzunlik, qayta tirilish, jahannamdagi azoblar kabi alamli holatlarga dalolat qiladigan oyatlarni misol qilish mumkin. Ushbu ohangdagi tilovat tinglovchida Alloh taolodan qo'rquv, sodir etgan gunohlariga  nadomat chekish  kabi hissiyotlarni jumbushga keltiradi. Ushbu maqomning yuqoridagi ta'sirlari ovozning yuqori pardasida yanada yorqinroq nqmoyon bo'ladi. Mazkur maqom ajam maqomi bilan oson bog'lanadi. Qolaversa u boshqa maqomlar bilan ham engil tarzda bog'lanadi.
2.Nahovand
 Nahovand maqomi surur, shodlik, mehr-shafqat kabi mazmunlarni o'zida mujassam etadi. Nahovand maqomida ana shunday mazmunlarga dalolat qiladigan oyatlar tilovat qilinadi.
3.Ajam
Ajam maqomi kuch-quvvat, ulug'lik, haybat kabi sifatlarni o'zida qamrovchi ohanglardan iborat.Shu jihatdan Alloh taoloning ism va sifatlarini o'zida jamlagan oyatlar ushbu maqomda o'qiladi. Mazkur maqom sabo va rost maqomlaridan so'ng o'qilsa, ohangllar orasidagi bog'liqlik oson amalga oshadi. Kuch-qudrat, ulug'likga dalolat qiladigan oyatlar boshqa maqomlardan ko'ra ajam maqomida o'qilishi maqsadga muvofiqdir.
4.Bayot
 Bayot maqomi quvvat, barqarorlik, qudrat,oliylik, rahm-shafqat, fazlu-marhamat, lutf, mayinlik, mahzunlik va shodlik kabi ko'p hissiyotlarni o'zida qamraydi. Bir so'z bilan aytganda bayot maqomi barcha hissiyotlarni ifodalovchi ohanglardan iborat. Shuning uchun har qanday oyatni ushbu maqomda tilovavat qilish mumkin. Mazkur maqom shu darajada keng qamrovliki, uning ohanglari barcha maqomlar bilan oson bog'lanadi. Shu jihatdan uni barcha maqomlar bilan birga qo'llash mumkin.
5.Siyga
Siyga maqomi ulug'lik, oliylik, quvvat, kuch-qudrat, mahzunlik kabi hissiyotlarni ifodalaydi. Ushbu maqom ko'pgina o'rinlarda qo'llash mumkin.
6.Hijoz
Hijoz maqomi Arabistton yarimorolidagi Hijioz o'lkasiga nisbat berilib shu nom bilan atalgan. Bu maqom qolgan maqomlar orasida xushu va tazarruni ifodalashda yaqqol ajralib turadi. Unda  mahzunlik, Alloh taologa zorlanish, iltijo, qo'rquv kabi hazin ohang mujassam. Bu jihatdan u sabo maqomiga o'xshaydi. Hijoz maqomida ham xuddi sabo maqomida keltirganimizdek, azob, shiddat, vaiyd, o'kinch kabi hissiyotlarga dalolat qiluvchi oyatlar qiroat qilinadi. 
7.Rost
Rost maqomi kuk-qudrat, haybat, viqor, salobat, barqarorlik kabi ko'p mazmunlarni ifodalaydi.Undan oldin bayot, nahovand, hijoz maqomlarini, undan keyin esa sabo, bayot, siyga va ajam maqomlarini keltirish mumkin. Odatda u bayot maqomidan keyin qiroat qilinadi. Shuningdek n maqomni ham tilovatda mihvar qilib olish mumkin.

MIR ARAB O’RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

MUDARRISI TOJIDDINOV ABDUSAMAD ABDULBOSID O’G’LI 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:47
Пешин: 13:10
Аср: 16:00
Шом: 17:25
Хуфтон: 19:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram