Qurʼoni Karimda tahajjud haqidagi oyat sharhi
28 2021 .
202 қ.

 

Qurʼoni Karimda tahajjud haqidagi oyat sharhi

lloh taolo aytadi: «Ularning yonboshlari oʼrin-joylaridan yiroq boʼlur (yaʼni, tunlarini ibodat bilan oʼtkazishib oz uxlashadilar)». (Sajda surasi, 16-oyat). Mujohid va Hasan rohimahulloh: «Buning maʼnosi tahajjud» ,- deyishgan. Ibn Kasiyr oʼzining tafsirida: «Yaʼni, bu tahajjud namozi va toʼshakda uxlab yotishni tark etish» - degan.
bdulhaq shhaliy rohimahulloh: «Yaʼni, ularning yonboshlari llohning tahdididan qoʼrqqanliklari va vaʼdasini umid qilganliklari uchun yotoqda qaror topmaydi».
lloh taolo tahajjud oʼquvchilarni zikr qilib aytadi: «Ular kechadan ozgina (fursatgina) koʼz yumar edilar va saharlarda ular (qilgan saxvu-xatolari uchun Robbilaridan) magʼfirat soʼrar edilar). (Zoriyot surasi, 17-18 oyat). Hasan rohimahulloh aytdilar: «Ular kechasida namoz oʼqishgan, namozni sahargacha choʼzishgan va duoyu istigʼforda boʼlishgan».
lloh taolo boshqa oʼrinda aytadi: «Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomda – tik turgan xolda toat-ibodat qilguvchi, oxiratdan qoʼrqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi bilan kufru isyonga gʼarq boʼlgan kimsa barobar boʼlurmi?!». yting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar boʼlurmi?! Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar». (Zumar surasi, 9-oyat).
Yaʼni: Mana shunday sifatli kishi bilan kechasida uxlab nafsini zoe qilgan va Robbisining vaʼdasi va tahdidini bilmagan kimsa barobar boʼladimi?!

Ey birodarlar kechada turuvchi kishilar qaerda qoldi?!
Ibni dxam va Fuzayllar qaerda?!
Shijoatlilar ketib, sustkashlar qoldi!
Iltijolar rad etilmas, Vaʼdasi hech xilof boʼlmas!
Tun erlari turinglar tez, Ne-ne duo rad etilmas!
 
Tungi ibodatni yengillatuvchi sabablar
bu Homid al-Gʼazzoliy tahajjud namozini yengillashtiradigan ichki va tashqi sabablarni aytib oʼtganlar.

Tashqi sabablar toʼrttadir:
1. Koʼp yeb, koʼp ichmaslik, aksincha uyqu gʼolib kelib tahajjudga turish ogʼir boʼlib qoladi.
2. Kunduzida befoyda ishlar bilan oʼzini charchatib qoʼymaslik.
3. Kaylula yaʼni: kunduzida ozroq uxlab dam olish, bu tundagi bedorlikka yordam beradi.
4. Kunduzida gunoh ishlarni qilmaslik, yoʼqsa, tahajjuddan maxrum boʼlib qoladi.

Ichki sabablar ham toʼrttadir:
1. Qalbni musulmonlarga gina adovat qilish, bidʼat-xurofotlar va oshiqcha dunyoga koʼngil qoʼyishdan saqlash.
2. llohdan doimo qoʼrquvda boʼlib, orzu-umidni ozroq qilish.
3. Tahajjudning fazilatini bilish.
4. Sabablarning eng kuchligi llohga muhabbatli boʼlish va tungi namozida har bir aytayotgan harfi bilan llohga munojot qilayotganligiga qatʼiy ishonish.

Peshku tuman "Abduzohir" jomeʼ masjid
imom-xatibi Dehqonov Abdurauf
«қ

-
: 05:55
: 06:31
: 13:10
: 17:10
: 18:55
: 20:25
Ңқ қ »
» »
»
Telegram