Jondor tumanida “Haj–2026” ziyoratchilari uchun ziyorat sayohati tashkil etildi
06 май 2026 й.
120 марта ўқилди.

Jondor tumanida “Haj–2026” ziyoratchilari uchun ziyorat sayohati tashkil etildi

Joriy yilning 5-may kuni Jondor tumanida “Haj–2026” ziyoratiga boruvchi fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy ziyorat sayohati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda DIQ Jondor tuman bosh mutaxassisi S. Gadoyev, tuman bosh imom-xatibi A. Rahmonov hamda “Abdujalil Turkistoniy” jome masjidi imom-xatibi J. Ro‘ziyevlar ishtirok etdi. Ziyorat sayohati Jondor tumani “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan “Chibirdon ota” ziyoratgohida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga muqaddas maskanning tarixi, bu yerda dafn etilgan ulug‘ zotlar hamda ularning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ziyoratchilar tomonidan Qur’on tilovati amalga oshirilib, duolar qilindi.
 

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday ma’naviy tadbirlar ularning haj safariga puxta tayyorgarlik ko‘rishida, ruhiy poklanish va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

O'MI Buxoro viloyati vakilligi matbuot xizmati 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:45
Куёш: 05:30
Пешин: 13:10
Аср: 18:10
Шом: 19:55
Хуфтон: 21:35
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram