Mir Arab oliy madrasasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
27 ноябр 2023 й.
2525 марта ўқилди.

 Mir Arab oliy madrasasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. 
Mir Arab oliy madrasasida bo‘lgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov, ikki ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. 
Anglashuv memorandumining maqsadi – ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirish, tomonlarning hamkorlikda talabalarni amaliyotini tashkil qilishdan iborat. Shu bilan birga, konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy seminarlar va tadbirlar tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, oliy ta’lim jarayonlariga innovatsion g‘oyalar va yangi tashabbuslarni tatbiq etish hisoblanadi.
Uchrashuvda Akademiya rektori Mir Arab oliy madrasasining 500 yilligi bilan muborakbod etib, muassasa ishiga muvaffaqiyat tiladi. 
Samimiy muloqot davomida Akademiya rektori fan va ta’lim hamda madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, xususan, Akademiyaning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni madrasada malakaviy amaliyotlari, stajirovkalarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi. 
Shuningdek, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov hamkorlikda konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa turdagi tadbirlarni o‘tkazish, madrasaning ta’lim jarayoniga Akademiyaning yetakchi professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassislarini jalb qilish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik qilish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini qayd etdi.
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:30
Куёш: 07:27
Пешин: 13:10
Аср: 16:55
Шом: 18:35
Хуфтон: 20:10
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram