Buxoroda kozi ojiz bolalarga xayrli ehson
09 сентябр 2026 й.
569 марта ўқилди.

Buxoroda ko'zi ojiz bolalarga xayrli ehson
Vaqf xayriya jamoat fondining Buxoro viloyat filiali tomonidan yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Fond rahbari Azizbek domla Ashurov rahbarligida Buxoro shahridagi 24-son "Nurli maskan" ko'zi ojiz bolalar uchun maxsus internat maktabida ta'lim olayotgan bolalarga homiylar ko'magida 120 juft kuzgi kiyim (sport formasi) ehson qilindi.
Ushbu xayrli tadbir maktab o'quvchilarining kelayotgan sovuq fasl arafasida iliq va qulay kiyim bilan ta'minlanishi, shuningdek ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Homiylarning bu diqqat-e'tibori bolalarda quvonch va iliq his-tuyg'ular uyg'otdi.
Azizbek domla Ashurov bunday xayrli ishlarning davomiy tarzda amalga oshirilishi, jamiyatning eng ehtiyojmand qatlamlariga — xususan, nogironligi bo'lgan bolalarga — doimiy g'amxo'rlik ko'rsatish muhim ekanligini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Vaqf xayriya jamoat fondi respublika miqyosida turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib, muhtoj oilalar, yetim va nogiron bolalar, keksa va yolg'iz qariyalarga muntazam yordam ko'rsatib kelmoqda.
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:15
Куёш: 06:54
Пешин: 13:10
Аср: 16:35
Шом: 18:20
Хуфтон: 20:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram